MBM

Yangiliklari

Asosiy Yangiliklar Batafsil

Post Thumbnail Image

Axborot texnologiyalari nima?

Mamlakatimizda axborot texnologiyalari(IT) sohasi rivojiga katta e'tibor qaratilmoqda. Ijtimoiy-siyosiy hamda maishiy hayotdagi har qanday faoliyat turiga kiruvchi yumushlarni samarali yakunlashni bugungi kunda ushbu vositalarsiz tasavvur etish qiyin. Barchamiz IT qurilmalaridan soatiga bir necha marotabalab foydalanishimiz ham hech kimga sir emas. Biroq ko'pchilik axborot texnologiyalari nima deganda, bu so'zning ta'rifini aytishga qiynalishadi.

MBM kompaniyasining mijozlari bu kabi savollarga javobni to'liq bilishlari shart. Ayni shu maqsadda axborot texnologiyalari haqida bir qancha ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz:
Axborot texnologiyasi - axborotni to'plash, saqlash, izlash va unga ishlov berish hamda uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usul va jarayonlardir.Ushbu atama odatda kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining sinonimi sifatida ishlatiladi, ammo u boshqa axborot tarqatish texnologiyalarini, masalan, televizor va telefonlarni o'z ichiga oladi. Iqtisodiyotning bir qator mahsulotlari yoki xizmatlari ham axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuter uskunalari, dasturiy ta'minot, elektronika, yarimo'tkazgichlar, internet, telekomunikatura va elektron tijorat bilan bog'liq hisoblanadi.

Axborot tizimi - axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va undan foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jihatdan tartibga solingan axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir. Axborot tizimi ishini ta‘minlovchi jarayonlar funksional bloklardan iborat bo'ladi.Axborot texnologiyalari kompyuterda saqlanuvchi ma‘lumotlar ustidan turli murakkablik darajasidagi amallarni bajarishning aniq reglamentli qoidalaridan tashkil topadi.

Axborot tizimlari qaysi sohada qo'llanishidan qat‘i nazar, axborot tizimining ta‘minotlari deb yuritiladigan komponentalarni o'z ichiga oladi. Bular dasturiy, texnik, huquqiy, axborot, tashkiliy, matematik va lingvistik ta‘minotlar hisoblanadi.

Biz sizni mijozlarimiz safidan ko'rishdan xursandmiz.
MBM: bizning yutug'imiz - sizning natijangiz!